Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Shon O’Melli (18-1-0) boks janglarida ishtirok etish istagi borligini aytdi.
“Men katta boks janggini o’tkazmoqchiman. Men Jervonta Devis va Rayan Garsiya bilan jang qilmoqchiman.
Men vaznimni oshiraman va Iliya Topuriya yoki Maks Xolloueyni nokautga uchrataman. Keyin esa ular menga yo’q deya olmaydi”, – deydi O’Melli.
Ma’lumot uchun, O’Melli UFC doirasida 18 ta jang o’tkazib, bir marta mag’lubiyatga uchragan. Uning navbatdagi jangi UFC 306 turnirida Merab Dvalishviliga qarshi o’tkaziladi.
