Yevropa ligasi 3-saralash bosqichi doirasida “Ayaks” – “Panatinaikos” uchrashuvi bo’lib o’tdi.
O’yinning asosiy vaqti 1:0 hisobida gretsiyaliklar foydasiga hal bo’ldi. Dastlabki bahsda gollandlar 1:0 hisobida g’alaba qozonishgandi. Ikki o’yin natijasiga ko’ra 1:1 hisobi qayd etildi va tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi.
Umumiy hisobda 11 metrlik nuqtadan naqd 34 marta zarba berildi. Bu Yevrokuboklardagi yangi rekord hisoblanadi.
Yakunda esa amsterdamliklar 13:12 hisobida g’alaba qozonib, keyingi bosqichga yo’l oldi.