“Real Sosedad” “Arsenal”ning Mikel Merino transferi bo’yicha yuborgan taklifini rad etdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “kanonirlar” taslim bo’lmoqchi emas. Ular sabr bilan harakat qilmoqchi. Klub darhol yangi taklif bilan qaytmaydi.
Ta’kidlanishicha, “Real Sosedad” futbolchi uchun 40-50 million yevro talab qilmoqda. Merinoning o’zi esa Mikel Arteta jamoasiga o’tishga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Merino o’tgan mavsum La Ligada 32 ta o’yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.