Yarim o’rta vazn toifasida o’zbekistonlik MMA jangchisi Shohasan Mirzamatov avtohalokatga uchradi. Bu haqda Octagon League matbuot xizmati xabar berdi.
Hamyurtimiz 23-fevral kuni Qozog’istonning Olma-Ota shahrida tashkil etiladigan Octagon 70 turnirida Georgiy Kichiginga qarshi chempionlik janggini o’tkazishi kerak edi, biroq Mirzamatovning olgan tan jarohatlari sabab ushbu jang bekor qilindi.
Ma’lumot uchun, Shohasan professional faoliyati davomida 18 ta jang o’tkazib, 14 ta g’alaba va 4 ta mag’lubiyat qayd etgan. Kichigin hisobida esa 31 ta g’alaba va 10 ta mag’lubiyat bor.