Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko’rish uchun Portugaliyada o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda.
Vakillarimiz yig’in doirasida dastlabki o’rtoqlik uchrashuvini Angolaga qarshi o’tkazdi va yirik 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ma’lumot uchun, jamoalar 15-avgust kuni yana bir bor o’zaro to’qnash kelishadi.
Futzal. O‘rtoqlik o‘yini
O‘zbekiston 1:6 Angola
13 avgust. Portugaliya
Gollar: Ahmetziyanov (37) — Barros (11), Fortes (25), Helber (26, 39), Fontura (36), Pemba (37).