Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining “Manchester Siti”ga qarshi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining dastlabki o’yinidagi g’alabasi haqida fikr bildirdi.
“Men xotirjamman, va, albatta, baxtliman. Ikki o’yinning birinchisida kichik ustunlikka erishgan holda yaxshi o’yin namoyish etdik. Endi bizni javob uchrashuvi kutib turibdi.
O’yin yaxshi o’tdi. Har jihatdan mukammal o’yin bo’ldi: yaxshi himoyalandik, hamma astoydil harakat qildi, hujumda samarali o’ynadik, ko’plab vaziyatlar yaratdik. Hech kim taslim bo’lmadi.
G’alabaga munosib edik. Biz xavfli hujumlar uyushtirdik, to’rtligimiz (Mbappe, Vinisius, Rodrigo, Bellingem) juda yaxshi harakat qildi. Jamoa ko’proq gol urishi ham mumkin edi, biroq biroz omad yetishmadi”, – deydi Anchelotti.
Eslatib o’tamiz, “Real” o’yin davomida ikki marta hisobda ortda qolgan bo’lsa-da, yakunda vaziyatni to’g’rilab, g’alabani ilib ketishga muvaffaq bo’ldi.