“Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi jamoadoshi Xulian Alvaresga “Atletiko Madrid”ga o’tganidan so’ng qo’ng’iroq qildi.
Diario Ole xabariga ko’ra, transfer rasman e’lon qilinganidan keyin Leo Alvaresga qo’ng’iroq qilib, uni faoliyatidagi yangi bosqich bilan tabriklagan. Messining fikricha, ushbu transfer forvardning yangi bosqichga chiqishiga yordam beradi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli hujumchi o’tgan mavsum “Man. Siti” tarkibida barcha turnirlarda 54 ta o’yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.