Xabaringiz bor, kecha o’zbekistonlik MMA jangchisi Ramazon Temirov (15-2-1) UFC promousheni bilan shartnoma imzolaganini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, Temirovning dastlabki raqibi va jang sanasi ham ma’lum bo’ldi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko’ra, hamyurtimiz 12-oktyabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC Fight Night 244 turnirida Si Jey Vergaraga (12-5-1) qarshi oktagonga ko’tariladi.
Ma’lumot uchun, Ramazon o’zining oxirgi janggini 2023-yilning sentyabr oyida RIZIN 44 turniri doirasida yaponiyalik Takaki Soyaga qarshi o’tkazib, birinchi raunddayoq nokaut evaziga g’alaba qozongandi.