Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti sobiq hujumchi Garet Beyl haqida fikr bildirdi.
“Garet Beyl bu yerda afsona hisoblanadi. 2014-yilgi Chempionlar ligasi finalida “Liverpul” darvozasiga ikkita to’p kiritgan.
U boshqa finallarda ham juda ko’p gol urgan. Men u bilan ajoyib vaqt o’tkazdim”, – deydi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, Beyl “Real” bilan 17 ta sovrinni qo’lga kiritgan. Besh marta Chempionlar ligasida bosh sovringa ega chiqqan. Uch marta Ispaniya chempioniga aylangan.
Shuningdek, uelslik hujumchi faoliyati davomida “Tottenxem”, “Sautgempton” va “Los-Anjelos” klublarida ham o’ynagan. 2023-yilning yanvar oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.