Madridning “Real” klubi “Portu”ning 17 yoshli yarim himoyachisi Rodrigo Morani diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda El Gol Digital xabar berdi.
Manbaga ko’ra, ispan grandi yosh iste’dod egasini o’z safiga qo’shib olish variantini ko’rib chiqmoqda. Ushbu portugaliyalik futbolchi “yangi Krishtianu Ronaldu” deb nomlangan.
Qayd etilishicha, murabbiylar shtabi va rahbariyatning Moraga e’tibor qaratishiga futbol olamining mashhur agenti Xorxe Mendesh tavsiyasi sabab bo’lgan.
Ma’lumot uchun, Mora joriy mavsum barcha turnirlarda 26 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 10 million yevroga baholanmoqda.