Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham “Real” safida dubl qayd etgan Kilian Mbappe haqida gapirdi.
“Menda yengillik his qilish uchun hech qanday sabab yo’q, garchi Mbappe oldin uchta o’yinda gol ura olmagan bo’lsa ham. Kilian o’zi uchun doim yuqori talablarni qo’yadi. Anchelotti ham, men ham tashvishlanganimiz yo’q.
Kilian Fransiya terma jamoasida yaxshiroq o’ynaydi. Mening tajribam shuni ko’rsatadiki, terma jamoada bo’lish ko’pchilikka foyda keltiradi.
Mbappe hali to’liq formada emas. U robot yoki supermen emas, kutish kerak”, – deydi Desham.
Eslatib o’tamiz, Kilian Mbappe La Liganing 4-turi doirasidan o’rin olgan “Real Betis”ga qarshi bahsda dubl muallifiga aylandi.