Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland Angliya Superkubogi doirasidagi o’yinda eng yomon futbolchi deb topildi.
The Telegraph nashri “Manchester Siti” forvardining o’yinini 4 ballga loyiq deb topdi. Goal talqini bo’yicha ham Xoland eng yomon o’yinchi bo’ldi.
Shuningdek, “Man. Siti” tarkibida Yoshko Gvardiol 5 ballga, Riko Lyuis, Manuel Akanji, Ruben Dias, Mateo Kovachich va Niko O’Reyli 6 ballga, Ederson, Jeyms Makati, Oskar Bobb va Jeremi Doku 7 ballga loyiq ko’rildi.
Manbaga ko’ra, “Man. Yunayted” tarkibida eng past ball Meyson Maunt, Markus Reshford va Jonni Evansga qo’yilgan (5 ball). Eng yaxshi o’yinchilar esa Amad Diallo va Harri Maguayr deb topilgan (7 ball).