Ogʻir atletikachimiz Tursunoy Jabborovaning chiqishi bilan Oʻzbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki yakuniga yetdi.
+81 kg vazn toifasida qatnashgan yurtdoshimiz dast koʻtarishda 118, siltab koʻtarishda 133, ikki kurash boʻyicha esa 251 kg natija bilan musobaqani 10-oʻrinda tugatdi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston delegatsiyasi mazkur yozgi Olimpiya oʻyinlarini o’z tarixida ilk bor 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan yakunlaydigan boʻldi.