Dmitriy Bivolning murabbiyi Gennadiy Mashyanov Bahodir Jalolovning Olimpiadadagi ishtiroki haqida gapirdi.
“Ushbu Olimpiadada Jalolovga hech kim qarshilik ko’rsata olmadi. U mahorati, taktik ustunligi va mentaliteti bo’yicha raqiblaridan shunchalik ustunki, u ortiqcha kuch sarflamasdan xotirjam ringga chiqib g’alaba qozonadi. Olimpiya o’yinlaridagi janglarning hech birida Bahodirga noqulaylik tug’dirgan raqibni ko’rmadim.
U xotirjamlik bilan hammani mag’lub etdi. Agar Jalolov hozir bor e’tiborini professional boksga qaratsa, tez orada jahon chempioni ham bo’la oladi.
Biz Tokio-2020dan so’ng professional boksga o’tishni rejalashtirgandik. Ammo u yana bir bor oltin medalni qo’lga kiritib, Vatani oldidagi qarzini uzdi”, – deydi Gennadiy Mashyanov.
Eslatib o’tamiz, Bahodir Jalolov boks bo’yicha +92 kg vazn toifasida Olimpiya o’yinlari chempioniga aylandi.