Rimning “Roma” klubi 30-iyunga qadar moliyaviy feyr-pley parametrlari bo’yicha hisob-kitoblarni tartibga solish uchun futbolchilarning sotuvidan 10 million yevro ishlashi lozim.
Shu sababli “bo’rilar” uch nafar futbolchini sotuvga qo’ygan. Ular Eldor Shomurodov, Abdulhamid Saud va Leandro Paredes.
Il Tempo xabariga ko’ra, Eldor Shomurodovga “Istanbul Bashakshehir” klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq tomonlar hozircha muzokaralarga kirishmagan.
Saudga esa “Lans” va “Tuluza” jamoalaridan qiziqish bor, lekin ikkala jamoa ham uni faqat ijaraga olmoqchi. Paredesni “Boka Xuniors” o’z safiga qo’shib olishni reja qilgan. Ammo Argentina klubi “Roma” so’ragan mablag’ni berishni istamayapti.