UEFA Chempionlar ligasida 6-turning eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar e’lon qilindi.
Unga ko’ra, ushbu mukofot uchun Marko Bizot (“Brest”), Mixail Olise (“Bavariya”), Bukayo Saka (“Arsenal”) va Antuan Grizman (“Atletiko”) kurash olib boradi.
Marko Bizot PSV’ga qarshi o’yinda o’z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Mixail Olise esa “Shaxtyor”ga qarshi o’yinda dubl qayd etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bukayo Saka “Monako”ga qarshi o’yinda 2 ta golga mualliflik qilgan bo’lsa, Antuan Grizman “Slovan”ga qarshi bahsda dubl qayd etdi.