Turinning “Yuventus” klubi “Inter” yarim himoyachisi Davide Frattesini Federiko Kyezaga almashtirmoqchi.
Turinliklar shu yozda 26 yoshli italiyalik vingerni sotib yuborishga jiddiy bel bog’lagan. Chunki kelasi yil Kyezaning shartnoma muddati yakuniga yetadi va klubni tekinga tark etishi mumkin.
Avvalroq, “Napoli” va “Roma” Kyeza bilan bog’langandi, ammo rad javobini olishgach, boshqa transferlarga e’tibor qaratishni ma’qul ko’rishdi.
Kyezaning agenti “Chelsi” va “Tottenxem” bilan muzokaralar olib borish uchun Londonga uchib borgan, biroq ularning hech biri hozircha aniq taklif bilan chiqmagan.