“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne mavsum oxirida “shaharliklar” safini tark etishini e’lon qildi. Hozirda belgiyalik futbolchiga Saudiyaning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda.
Give me Sport nashrining xabariga ko’ra, De Bruyneni ikkinchi divizionda harakat qiluvchi “Al-Qodisiya” va “Neom” klublari o’z safiga qo’shib olmoqchi. Shuningdek, unga Yevropadan ham takliflar bor.
Bundan tashqari, Kevinga Amerikaning bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o’zi Saudiya chempionatidan ko’ra, MLS variantini afzal ko’rmoqda.
Ma’lumot uchun, De Bruyne joriy mavsum 30 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 27 million yevroga baholanmoqda.