Og’ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo’ldi.
Ngannu 19-oktyabr kuni tashkil etiladigan PFL turnirida oktagonga ko’tariladi. Unga amaldagi chempion, braziliyalik Renan Ferreyra raqiblik qiladi.

Eslatib o’tamiz, Ngannuning MMA qoidalari bilan o’tkazgan so’nggi janggi 2020-yilning yanvar oyida bo’lib o’tgandi. O’shanda Frensis UFC 270 turnirining asosiy janggida Kiril Ganni ochkolar hisobiga mag’lub etgandi.