Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini yana APL’da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport Bible jurnalisti Nosir Jabbor xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Ronaldu 2025-yilgi klublar o’rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun “An-Nassr”ni tark etish haqida o’ylamoqda. Hujumchiga “Manchester Siti” va “Chelsi” qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Ronaldu ushbu klublardan biri bilan turnirda ishtirok etish uchun bir oylik shartnoma imzolashi mumkin.
Eslatib o’tamiz, portugaliyalik futbolchi avvalroq yana bir ingliz grandi “Manchester Yunayted”da uzoq vaqt to’p surgan va Chempionlar Ligasida g’olib chiqqan.