Saudiya Pro-ligasining 26-turidan o’rin olgan bahsda “Al-Hilol” va “An-Nassr” o’zaro to’qnash keldi va yakunda mehmonlar 3:1 hisobida g’alaba qozondi.
Dastlab, hisob 45+4-daqiqada Ali Al-Hassan tomonidan ochildi (0:1). 47-daqiqada esa Krishtianu Ronaldu mehmonlarning ustunligini mustahkamladi (0:2).
63-daqiqada esa “Al-Hilol” himoyachisi Ali Al-Bulayhi jamoasining yagona javob to’piga mualliflik qildi (1:2). 88-daqiqada Ronaldu dublni rasmiylashtirdi (1:3).
Shu tariqa, “An-Nassr” ushbu g’alabadan so’ng ochkolari hisobini 54 taga yetkazib olib, uchinchi o’rinni egallab turibdi. “Al-Hilol” esa 57 ochko bilan ikkinchi o’rinda bormoqda.