“Vest Xem” argentinalik yarim himoyachi Gvido Rodriges transferini e’lon qildi.

Inglizlar 30 yoshli futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Rodriges “Vest Xem” tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo’shildi.
Eslatib o’tamiz, Gvido so’nggi to’rt yarim mavsumni “Real Betis” safida o’tkazdi. Avvalroq unga “Barselon” qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Rodriges o’tgan mavsum La Ligada 24 ta o’yin o’tkazib, 2 ta golga mualliflik qilgan.