Og’ir vazn toifasida WBA, WBC, WBO va IBO kamarlari sohibi Aleksandr Usik (22-0, 14 KO) Premyer-liganing qaysi jamoasida o’ynashni xohlashini aytdi.
– Agar siz Premyer-liga jamoasida o’ynash imkoniga ega bo’lsangiz, qaysi birini tanlagan bo’lardingiz?
– MYU. Agar menda tanlov bo’lsa, “Manchster Yunayted”da o’ynagan bo’lardim.
– “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” o’yini 15-dekabr kuni bo’lib o’tadi. Tayson Fyuri ham MYU’ning ashaddiy muxlisi. O’sha kuni siz ham, Tayson ham “Manchester Yunayted”ni qo’llab-quvvatlaysizmi?
– Ha, albatta.
– “Manchester Yunayted” “Manchester Siti”ni mag’lub eta oladimi?
– O’ylaymanki, MYU g’alaba qozonadi. Ammo “Man. Siti”da ham yaxshi futbolchilar va yaxshi murabbiy bor”, – deydi Usik.
Eslatib o’tamiz, Aleksandr Usik va Tayson Fyuri o’rtasidagi revansh janggi 21-dekabrdan 22-dekabrga o’tar kechasi bo’lib o’tadi.