Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Anxel Di Mariya Krishtianu Ronalduning so’zlariga javob qaytardi. Portugaliyalik hujumchi o’zini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb atagandi.
“Men bundan hayron bo’lmadim, chunki u bilan to’rt yil birga o’ynadim. U doim shunday bayonotlar berib, eng zo’ri bo’lishiga harakat qildi. U shunchaki noto’g’ri vaqtda tug’ildi, chunki u paytda boshqa birov ham dunyoga kelgan.
Raqamlar aldamaydi. Birida (Messida) sakkizta “Oltin to’p” bor, ikkinchisida esa beshta. Jahon chempioni bo’lish ham yana bir muhim farq. Va bunday farqlar juda ko’p.
Men uchun Leo tarixdagi eng yaxshi futbolchi, bunga shubha yo’q”, – deydi Di Mariya.
Ma’lumot uchun, Di Mariya hozirda “Benfika” sharafini himoya qilmoqda.