Germaniyaning nufuzli “Kicker” nashri 2024-yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi uchun o’tkazilgan ovoz berish natijalarini e’lon qildi.
Unga ko’ra, eng yaxshi futbolchi Yevro-2024dan so’ng faoliyatini yakunlagan Toni Kroos deb topildi. 34 yoshli yarim himoyachi “Real Madrid”dagi o’ninchi mavsumidan so’ng butsalarini mixga ilishga qaror qildi.
Eng yaxshi murabbiy nomiga esa “Bayer”da faoliyat yuritayotgan Xabi Alonso munosib ko’rildi. Uning qo’l ostida leverkuzenliklar tarixda ilk bor Germaniya chempionligini qo’lga kiritdi. Shuningdek, “Bayer” Germaniya kubogiga ham ega chiqib, Yevropa ligasi finaligacha yetib bordi.
Ma’lumot uchun, yilning eng yaxshi ayol futbolchisi Olimpiada o’yinlari yakunlanganidan so’ng aniqlanadi.