Kataloniyaning “Barselona” klubi “Al-Ittihod” yarim himoyachisi N’Golo Kantega qiziqish bildirmoqda.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko’ra, bosh murabbiy Xansi Flik ushbu transferga qarshi chiqmoqda. Mutaxassis jamoani shakllantirishda yosh o’yinchilarning xizmatidan foydalanmoqchi.
Ma’lumot uchun, Kante o’tgan mavsum barcha musobaqalarda 44 ta o’yin o’tkazib, 4 ta gol va 6 ta golli uzatmani o’z nomiga yozdirib qo’ygan. Uning saudiyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan.