Dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Parij Olimpiadasi chorak finalida Stefanos Tsitsipasga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 7:6 hisobida g’alaba qozonib, yarim final yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
Biroq serbiyalik tennischi ushbu bahs yakunida o’ng oyog’idan jarohat oldi.
“Juda xavotirdaman, to’g’risini aytsam, nima bo’lganini bilmayman. O’yinni tugatganimdan so’ng og’riq paydo bo’ldi. Biron joyga urib oldimmi yoki sirpanib ketdimmi, buni ham bilmayman.
Shifokorlar jarohatim jiddiy ekanligini aytishsa ham, kortga chiqib, g’alaba uchun kurashaman. Vatanim uchun medal qo’lga kiritish imkoniyatim bor. Shuning uchun men keyingi 24 soat ichida Serbiya uchun oltin medalni qo’lga kiritish uchun kurashadigan holatda bo’lishga bor kuchimni sarflayman”, – deydi Novak Jokovich.
Ma’lumot uchun, Jokovich Parij Olimpiadasi yarim finalida italiyalik Lorenzo Musettiga qarshi kortga chiqadi.