Mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Milan”da o’tkazayotgan “Chelsi” hujumchisi Joau Feliks nega italyan klubida 79-raqamni tanlaganini aytdi.
“79 men uchun juda ko’p narsani anglatadi. Bu professional faoliyatimdagi birinchi raqamim. U meni butun dunyoga mashhur qildi. Qolaversa, akam ham shu raqam ostida o’ynaydi”, – deydi Feliks.
Eslatib o’tamiz, Feliksning “Milan” bilan tuzgan ijara shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. 25 yoshli hujumchi A Seriyaning joriy mavsumida ikkita o’yinda maydonga tushdi.