Boks boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi tarkibidagi eng yosh sportchi Toʻrabek Habibullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi dastlabki bahsini omadli oʻtkazdi.
20 yoshli chinozlik bokschimiz debyut jangida Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori, filippinlik Eymuir Marsialni musobaqadan chiqarib yuborishga erishdi.