Yarim o’rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Leon Edvards Bilol Muhammadga mag’lub bo’lganidan so’ng muxlislarga murojaat qildi.
“Men muxlislarga murojaat qilmoqchiman. Bu safar o’z ishimni qila olmaganimdan afsusdaman.
Men hayotimda hozirgidan ko’ra qiyinroq vaqtlarni boshdan kechirdim. Men yana qaytaman”, – deydi Leon Edvards.
Eslatib o’tamiz, Edvards UFC 304 turnirida hakamlar qarori bilan Bilol Muhammadga mag’lub bo’ldi va chempionlik kamarini boy berdi.
