Bugun Angliya Premyer-ligasining 28-turida “Manchester Siti” “Nottingem Forest” maydoniga safar qiladi.
Uchrashuvdan oldin statistikalarga ixtisoslashgan bir qancha nashrlar jamoalarning taxminiy tarkiblarini e’lon qildi.
Xususan, SofaScore nashri bugungi bahs uchun quyidagi futbolchilarni asosiy tarkibga kiritdi.

Shuningdek, FotMob nashri ham Abduqodir Husanovni boshlang’ich tarkibda maydonga tushishini taxmin qildi.

Ma’lumot uchun, “Nottingem Forest” – “Manchester Siti” o’yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da start oladi.