Super yarim o’rta vazn toifasida WBA kamari sohibi Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) 3-avgust kuni Terens Kroufordga (40-0-0, 31 KO) qarshi ringga ko’tariladi.
Ushbu jang oldidan Madrimov muxlislarga murojaat qildi:
“Assalomu alaykum, vatandoshlar. Mana hozir jang bo‘ladigan arenada turibmiz. 3-avgustda shu yerdan g‘alaba bilan qaytishga harakat qilamiz. Buning uchun sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz va duo qilishingizni so‘rab qolaman.
O‘zbekistonimizga munosib g‘alabalar, kamarlar bilan qaytish nasib qilsin. Olg‘a, O‘zbekiston!”, — deydi Madrimov.
Ma’lumot uchun, Isroil va Terens o’rtasidagi jang AQShning Los-Anjelos shahrida 3-avgust kuni, birinchi o’rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun bo’lib o’tadi.