Afsonaviy filippinlik bokschi va bokschilar o’rtasida P4P reytingining sobiq yetakchisi Menni Pakyao Super Rizin 3 turnirida yaponiyalik kikbokschi Rukiya Anpoga qarshi ko’rgazmali jang o’tkazdi.
Jang ko’rgazmali o’yin bo’lgani uchun g’olib nomi aniqlanmadi.
Dastlab Pakyaoning raqibi Chihiro Suzuki bo’lishi kerak edi. Biroq, Chihiro Takanori Gomi bilan o’tkazilgan ko’rgazmali jangda jarohat olgani ma’lum bo’ldi va uning o’rniga Rukiya Anpo ringga ko’tarildi.
Ma’lumot uchun, Pakyao 45 yoshda. U 1995-yilda professional boksda debyut qilgan va 1998-yilning dekabr oyida birinchi marta chempionlik unvonini qo’lga kiritgan.