“One football” nashri barcha davrlarning eng ko‘p penaltidan gol ura olmagan futbolchilar TOP-5 ligini e‘lon qildi.

Unga ko‘ra, italiyalik hujumchi Di Natale o‘zi tepgan 58 ta penaltidan 15 tasini golga aylantira olmagan holda 5-o‘rinda.
4-o’rinda esa Zlatan Ibrahimovich. Ma’lumotlarga qaraganda shved o’zi tepgan 92 ta penaltining 16 tasida mo‘ljalda adashgan.
Roma afsonasi, haqiqiy sodiqlik ramzi bo‘lgan Totti esa 20 ta noaniq penalti bilan 3-o’rinda turibdi.
Penaltiyshunos deya tariflanadigan Krishtiano Ronaldo esa 2-o‘rinda. U faoliyati davomida 192 marta 11 metrlik nuqtadan zarba bergan. Ulardan 29 tasi esa gol bilan yakunlanmagan.
Uning asosiy raqobatchisi, argentinalik yulduz Leonel Messi 1-o‘rinda. 37 yoshli futbolchi 140 marta penalti tepgan va ulardan 31 tasini golga aylantira olmagan.