O’zbekiston milliy terma jamoasi va Eronning “Istiqlol” klubi a’zosi Jaloliddin Masharipov Olimpiya terma jamoamizning Misrga qarshi o’yinidan so’ng fikr bildirdi.
“Yigitlarga ishtirok uchun rahmat. Albatta bundanda yaxshiroq ishtirok eta olardik. Hammasi Allohdan. Inshaolloh Jahon chempionatini o’ylashimiz kerak.
Muxlislar yigitlarni qo’llab-quvvatlab turing. Negativ kerak emas. Bu birinchi marta Olimpiadaga borishimiz edi. Rahmat hammaga”, – deydi Jaloliddin Masharipov.