Turinning “Yuventus” klubi “Borussiya Dortmund” vingeri Karim Adeyemiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq ayni damda hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.
Ma’lum qilinishicha, nemislar Adeyemi uchun 45-50 million yevro talab qilmoqda. Turinliklar esa bu transferni amalga oshirish uchun bir nechta futbolchilarini sotishiga to’g’ri keladi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli futbolchi o’tgan mavsum Bundesligada 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Transfermarkt”dagi hozirgi narxi 28 million yevroni tashkil qilmoqda.