Saudiyaning “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy chempionat doirasida “Al-Feyxa” ustidan qozonilgan yirik g’alabadan so’ng (4:1) fikr bildirdi.
“Hammasi endi boshlanmoqda. Olg’a “An-Nasr”, – deydi Ronaldu o’z Instagram sahifasida.
Ma’lumot uchun, Ronaldu Saudiya chempionatining yangi mavsumida 2 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. O’tgan mavsumda hujumchi chempionat to’purari bo’lgandi (35 ta gol).