Jazoir chempionatidan o’rin olgan “MK Alger” va “Magra” o’rtasidagi uchrashuv (0:0) noxush voqea bilan yakunlandi. Bu haqda mahalliy OAV’larga tayanib Reuters xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, o’yin tugaganidan so’ng tribuna panjaralari sinishi oqibatida tomoshabinlar pastga qulab tushgan. Natijada uch nafar muxlis halok bo’lgan va 100 ga yaqin kishi jarohat olgan.
Ushbu o’yin natijasiga ko’ra “MK Alger” mamlakat chempionligini qo’lga kiritdi, biroq yuz bergan fojia tufayli liga rahbariyati kubok topshirish marosimini bekor qilishga qaror qildi.
Jazoir prezidenti AbdelMadjid Tebbuna esa halok bo’lgan muxlislarning yaqinlariga hamdarlik bildirib, jabrlanganlarning tezroq sog’ayib ketishini tiladi.