Myunxenning “Bavariya” klubi joriy transfer oynasi yopilguniga qadar Kingsli Koman bilan xayrlashmoqchi.
Hozirda 28 yoshli futbolchiga “Barselona” va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Man. Siti” ham vinger atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Florian Plottenbergning xabariga ko’ra, ayni damda Koman uchun asosiy davogar PSJ bo’lib qolmoqda. Liga 1 grandi allaqachon fransiyalik futbolchi bilan muzokaralar olib borgan, biroq hali “Bavariya” bilan kelishuvga erishmagan.
Manbaga ko’ra, myunxenliklar vingerni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga berishga tayyor.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko’ra, Kingsli Koman hozirda 50 million yevroga baholanmoqda.