Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem Karlo Anchelotti tomonidan belgilangan maydondagi pozitsiyasidan norozi bo’lmoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Bellingem maydon markazida o’zining barcha fazilatlarini namoyon eta olmasligini aytmoqda.
O’tgan mavsum hujumga yaqinroq o’ynab, yuqori o’yin ko’rsatgan futbolchi joriy mavsumda maydonga moslashishi qiyin kechmoqda.
Ta’kidlanishicha, Bellingem Angliya terma jamoasiga kelganidan xursand. Chunki futbolchi u yerda o’zi uchun qulay bo’lgan pozitsiyada o’ynaydi.