Italiyaning “Napoli” klubi hujumchisi Viktor Osimhen “Al-Hilol” bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, nigeriyalik futbolchi Saudiya klubi bilan 2029-yilga qadar mo’ljallangan shartnoma imzolaydi. Osimhen riyodliklar safida yiliga 35 million yevro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Osimhen o’tgan mavsumni “Galatasaroy”da ijara o’tkazdi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 41 ta o’yinda maydonga tushib, 37 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.