“Manchester Siti” himoyachisi Manuel Akanji joriy mavsumning qolgan qismini o’tkazib yuboradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, shvetsariyalik futbolchi yaqin bir necha oy davomida maydonga tusha olmaydi. Bundan tashqari, Akanji mavsumning qolgan qismida jamoasiga yordam bera olmasligi aytilmoqda.
Eslatib o’tamiz, 29 yoshli himoyachi Chempionlar Ligasi doirasidagi “Real”ga qarshi o’yinda (2:3) jarohat olgandi.
Ma’lumot uchun, Akanji joriy mavsum barcha turnirlarda 30 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.