O’zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanes Jahon chempionati yo’llanmasi qo’lga kiritilganidan so’ng o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Men juda qisqa gapiraman. Barchangizni tabriklayman: futbolchilarni, xodimlarni, rahbariyatni va barchamizni qo’llab-quvvatlagan muxlislarni”, – deydi Katanes.
Eslatib o’tamiz, Srechko Katanes joriy yilning yanvar oyida sog’lig’i bilan bog’liq muammolar sabab terma murabbiyligidan iste’foga chiqqandi.