Angliyaning “Manchester Siti” klubi O’zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovni mundial bilan tabrikladi.
“Abduqodir Husanov va butun O’zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga yo’llanma olgani bilan tabriklaymiz”, – deyiladi klub xabarida.
Eslatib o’tamiz, Abduqodir Husanov joriy yilning yanvar oyidan buyon “Manchester Siti” safida to’p surmoqda. Hamyurtimiz o’tgan mavsum “shaharliklar” safida jami 9 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi.