“Santos” vingeri Neymarning otasi o’g’lining Braziliya klubidagi kelajagi haqida gapirdi.
“Bizning loyiha atigi besh oyga mo’ljallangan emas. Biz shartnomani uzaytirish haqida o’ylayapmiz.
Biz bu yerga besh oylik turnir uchun emas, balki “Santos”ga qayta qurish imkoniyatini berish va bu yo’lda hamkorlar topish uchun kelganmiz”, – deydi futbolchining otasi.
Eslatib o’tamiz, Neymar faoliyatini davomida “Santos”, “Barselona”, PSJ va “Al-Hilol” klublarida to’p surgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi ayni dam 15 million yevroga baholanmoqda.