ESPN nashri oxirgi 4 mavsumdagi eng samarali transferlar reytingini tuzib chiqdi.
Reytingni tuzish uchun oxirgi 4 mavsumda jahon futbolidagi eng qimmat 100 ta transfer hisoblab chiqildi. Ya’ni ro’yxatdan har bir mavsumdagi 25 nafar eng qimmat transfer o’rin olgan.
Ushbu reyting jamoalar sotib olgan o’yinchilarning keyingi yildagi transfer narxlarini taqqoslash orqali aniqlandi. Kuchli beshlik quyidagicha ko’rinish olgan:
1-Erling Holand – “Borussiya Dortmund”dan “Manchester Siti”ga 60 million yevro evaziga. Bir yildan keyingi narx 180 million yevro;
2-Jud Bellingem – “Birmingem”dan “Borussiya Dortmund”ga 30,15 million yevro evaziga. Bir yildan keyingi narx 70 million yevro;
3-Nikolo Barella – “Kalyari”dan “Inter”ga 32,5 million yevro evaziga. Bir yildan keyingi narx 70 million yevro;
4-Eduardo Kamavinga – “Renn”dan “Real Madrid”ga 31 million yevro evaziga. Bir yildan keyingi narx 60 million yevro;
5-Enso Fernandes – ”River Pleyt”dan “Benfika”ga 44,25 million yevro evaziga. Bir yildan keyingi narx 80 million yevro.
