Joriy yilning 14-iyun kuni Chexiyaning Praga shahrida MMA bo’yicha “Oktagon 72” turniri bo’lib o’tadi.
Turnirning ikkinchi asosiy janggida o’zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Mahmud Murodov Oktagon Interim chempionlik kamari uchun chexiyalik Patrik Kinsllga qarshi oktagonga ko’tariladi.
Kuni kecha hamyurtimiz raqibi bilan birgalikda musobaqa oldidan bo’lib o’tgan intervyuda uchrashdi.
Ma’lumot uchun, Murodov professional MMA’da hozirga qadar 36 ta jang o’tkazib, ularning 28 tasida g’alaba qozongan va 8 bor mag’lub bo’lgan. Kinsll hisobida esa 28 ta g’alaba va 11 ta mag’lubiyat mavjud.