Kataloniyaning “Barselona” klubi “Arsenal” yarim himoyachisi Tomas Partini sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “ko’k-anorranglilar” ganalik futbolchini tekinga sotib olmoqchi. Uning London klubi bilan shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.
Ma’lumot uchun, Parti 2020-yildan buyon “Arsenal” safida to’p surmoqda. U o’tgan mavsum APL’da 35 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.