Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor MakGregor PFL Champions Series: Road to Dubai turnirining asosiy janggida hamyurti Pol Xyuzning Usman Nurmagomedovga qarshi mag’lubiyati haqida gapirdi.
“Ajoyib jang va ijro! Xyuz uchun oson g’alaba, u jangda ustunlik qildi. Umar esa – yuguruvchi, dangasa va qochadigan “jangchi”.
Nurmagomedovlar jangchilar emas. Bular Dog’istondan va tarixdagi eng “jangsiz” jangchilardir. Ular qafas atrofida yuguradi va faqat raqibning oyoqlari ostiga o’zlarini tashlaydi”, – deydi MakGregor.
Ma’lumot uchun, besh raundga mo’ljallangan jang to’liq davom etdi va hakamlarning qarori bilan Usman Nurmagomedov g’alaba qozonib, o’z titulini himoya qildi.