Saudiyaning “Al-Nasr” klubi “Bayer” hujumchisi Viktor Bonifeysni o’z safiga qo’shib olishi mumkin.
Fabritsio Romano xabariga ko’ra, riyodliklar 24 yoshli nigeriyalik futbolchi uchun allaqachon leverkuzenliklar bilan muzokaralarni boshlagan.
Qayd etilishicha, “Al-Nasr” Jon Dyuranga ham qiziqish bildirmoqda, biroq “Asron Villa” o’z hujumchisi bilan xayrlashmoqchi emas.
Ma’lumot uchun, Bonifeys joriy mavsum “Bayer” safida 15 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.